Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shaxarchasidagi “Yoshlar” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar o‘rnatish va bog‘ni zamonaviy istirohat bog‘i ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini bo

21 Feb, 2022 - 16:22
1405
Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shaxarchasidagi “Yoshlar” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar o‘rnatish va bog‘ni zamonaviy istirohat bog‘i ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha  davlat-xususiy sheriklik loyihasini bo

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shaxarchasidagi “Yoshlar” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar o‘rnatish va bog‘ni zamonaviy istirohat bog‘i ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha
davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

 

2022-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga investorO‘ZGA OLAMMChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shaxarchasida, Madaniyat va istirohat bog‘ini qayta rekonstruksiya qilib, zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish, hamda ushbu hudud aholisi uchun bog‘da zamonaviy attraksionlar o‘rnatilib, madaniy va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatishni ko‘zda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 30-son qaroriga asosan Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani, A.Temur ko‘chasida, Masdaniyat va istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kun muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

 

 

 

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlarni (Takliflarni) 2022-yil 6-aprel kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shefchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

Loyiha haqida ma'lumot

 

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash