Korrupsiyaga qarshi kurashish

04 Apr, 2022 - 15:43
878
Korrupsiyaga qarshi kurashish

Axborot va matbuot xizmati

Mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida izchil hamda samarali chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bu o‘rinda, Davlatimiz Rahbari juda yuqori siyosiy iroda ko‘rsatib, ushbu illatga qarshi kurashish masalasini ta’bir joiz bo‘lsa “yo hayot, yo mamot” ekanligini qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda.
Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning parlamentga qilgan Murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlariga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deya alohida ta’kidlagani ham, ushbu illatning davlatchiligimizga naqadar xavfli ekanligini ko‘rsatadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatining harakatlantiruvchi kuchi sifatida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarimiz tomonidan ushbu illatga qarshi olib borilayotgan kurashni yagona tizimli harakatga aylantirish hamda korrupsiyaga qarshi standartlar me’yorga aylangan, ushbu illatga qarshi murosasizlik va toqatsizlik maksimal nuqtaga chiqqan jamiyat barpo etish eng muhim vazifalarimizdan biridir.
Buning uchun sodiqlik, halollik, vatanparvarlik va mas’uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, har bir xodim jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim. 
Shu nuqtai nazardan, sohamizga oid korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan taklif, arizalar yoki shikoyatlari bo‘lgan har bir xodimni @mv_antikorrupsiya_bot orqali xabar berishga chaqiramiz.
Madaniyat vazirligi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibatlari bilan emas, uni keltirib chiqaruvchi sabab, shart-sharoitlarga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda barchaga ko‘maklashishga tayyor bo‘lishimiz lozim. 
Xalqimiz xizmatida ekanmiz, halollikni, oshkoralikni hamda korrupsiyaga qarshi mutlaqo toqatsizlikni namoyish etishga tayyormiz.
Bunda Madaniyat vazirligi va uning xodimlari o‘zlarining barcha resurslarini – 
kuch-g‘ayratini, imkoniyatlarini, kasbiy hamda intellektual salohiyatini safarbar etadi, deb ishonaman!
Kuch-adolat, jipslik va halollikda!

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash