Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Mitan qo‘rg‘oni, Amir Temur ko‘chasida joylashgan 3-son madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorla

13 Apr, 2022 - 13:10
954
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Mitan qo‘rg‘oni, Amir Temur ko‘chasida joylashgan 3-son madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha  davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorla

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Mitan qo‘rg‘oni, Amir Temur ko‘chasida joylashgan 3-son madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

 

 

2022-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “BRILLIANT CHILDREN” NTM tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Mitan qo‘rg‘oni, Amir Temur ko‘chasida joylashgan,
3-son madaniyat markazini yangidan rekonstruksiya qilish va madaniyat markazi va nodavlat ta’lim muassasasida, madaniy tadbirlar uchun konsert-tomosha binosi barpo etilib turli xildagi cholg‘u va raqs to‘garaklari, tayyorlov kurslari,til o‘rgatish kurslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, aholi va o‘quvchilarning umumiy ehtiyojidan kelib chiqib, markazda xorijiy kurslarni o‘rgatish, umumiy ovqatlanish shaxobchalari,
savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish , sartaroshxona va boshqa pullik xizmatlar tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida’’ gi OʻRQ-537-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-3892-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-yanvardagi 30-son qarorlariga asosan Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Mitan qo‘rg‘oni, Amir Temur ko‘chasida joylashgan 3-son madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

 

 

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyha konsepsiyasi.

 

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlarni (Takliflarni) 2022-yil 26-may kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shefchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash