Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY, Maydon QFYda joylashgan Qo‘rg‘ontepa madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarg

12 May, 2022 - 16:58
1047
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY, Maydon QFYda joylashgan Qo‘rg‘ontepa madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha  davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarg

Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY, Maydon QFYda joylashgan Qo‘rg‘ontepa madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

 

 

2022-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “ZUXRIDDIN SEVEN BREND” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY, Maydon QFYda joylashgan “Qo‘rg‘ontepa” madaniyat markazini yangidan rekonstruksiya qilish va madaniyat markazida zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv kurslari, madaniy marosimlar o‘tkazish zali shuningdek mazkur hududda yashaydigan aholi talabidan kelib chiqgan holda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida’’ gi OʻRQ-537-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-3892-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarorlariga asosan Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY, Maydon QFYda joylashgan “Qo‘rg‘ontepa” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

 

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlarni (Takliflarni) 2022-yil 25-iyun kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shevchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).

“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash