E'lon

30 May, 2022 - 14:00
200
E'lon

Axborot va matbuot xizmati

Aholini ro‘yxatga olish rasmiy statistika tizimidagi asosiy rol o‘ynaydigan muhim ko‘rsatkich hisoblanib, bunda aholi soni bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumot olish imkoni paydo bo‘ladi.

Avvalo aholini ro‘yxatga olish tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, dastlabki aholi ro‘yxati manbaalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979-yillarda va so‘nggi martta 1989-yilda amalga oshirilgan.

Mustaqillikdan so‘ng respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023-yilda bo‘lib o‘tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi.

Shuni alohida aytish joizki,  aholini ro‘yxatga olishni natijasida: 
-aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;

-shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;

-aholini ro‘yxatga olish oralig‘idagi davrlarda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

-eng muhimi, olingan ma’lumotlar asosida O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirishga erishiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash