Iqtidoringizga ishonasizmi, u holda bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tahsil oling va uni ro‘yobga chiqaring

16 Jun, 2022 - 18:23
1674
Iqtidoringizga ishonasizmi, u holda  bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tahsil oling va uni ro‘yobga chiqaring

Bolalar musiqa va sanʼat maktabi

Iqtidoringizga ishonasizmi, u holda
bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tahsil oling va uni ro‘yobga chiqaring:

 

1.1. Taʼlim yo‘nalishlari:

T/r

Ta’lim yo‘nalishlari

Qabul yoshi

O‘qish muddati

 

Musiqa yo‘nalishi

1.

Fortepiano

6 — 9

7 yil

 

2.

Torli cholg‘ular

6 — 9

7 yil

 

3.

Estrada cholg‘u ijrochiligi:

fortepiano, torli cholg‘ular;

damli va zarbli cholg‘ular

6 — 9;

6 — 11

7 yil;

5 yil

 

4.

Xalq cholg‘ulari

6 — 11

5 yil

 

5.

Damli va zarbli cholg‘ular

6 — 11

5 yil

 

6.

An’anaviy cholg‘u ijrochiligi

6 — 11

5 yil

 

7.

An’anaviy xonandalik

6 — 11

5 yil

 

8.

Akademik xonandalik

6 — 11

5 yil

 

9.

Estrada xonandaligi

6 — 11

5 yil

 

San’at yo‘nalishi

10.

Xoreografiya

6 — 11

5 yil

 

11.

Tasviriy san’at

6 — 11

5 yil

 

12.

Amaliy san’at

6 — 11

5 yil

 

13.

Teatr san’ati

6 — 11

5 yil

 

1.2. Talab etiladigan hujjatlar va hujjat topshirish tartibi:

Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga o‘qishga kirish uchun o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi) har yili 1 avgust — 25 avgust mobaynida qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) taʼlim yo‘nalishi (yo‘nalishlari) ko‘rsatilgan ariza;

b) o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

v) o‘quvchiga belgilangan shaklda berilgan tibbiy maʼlumotnoma;

g) 3 x 4 o‘lchamli 2 ta fotosurat.

Qabul sinovlari har yili 31 avgustgacha o‘quvchining ijodiy qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Qabul sinovlari qabul komissiyasi huzurida o‘tkaziladi. Qabul sinovlari bir marta topshiriladi, qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1.2. Imtiyozlar:

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida o‘quvchilar umumiy sonining 25 foizi doirasida bolalarning quyidagi toifalari to‘lovdan ozod etiladi:

– nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bolalar musiqa va sanʼat maktablarida o‘qish bepul.

–  musiqa va sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro (1-3-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlarida g‘olib bo‘lgan bolalar — bir kalendar yil mobaynida (g‘olib deb eʼlon qilingandan keyingi oydan boshlab 12 oy mobaynida);

–  kam taʼminlangan oilalardan bo‘lgan bolalar.

oilaning bir aʼzosiga bir oyda to‘g‘ri keladigan jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam taʼminlangan oilalarning bolalari to‘lovdan ozod etiladigan bolalarning ro‘yxatiga birinchi navbatda kiritiladi.

–  to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ham bolalar musiqa va sanʼat maktablarida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlardan ozod etiladi.

–  agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida o‘qisa, ulardan har birining o‘qishi uchun belgilangan to‘lovning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

Izoh: Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan taʼlim yo‘nalishlarining, hududdagi aholi qiziqishi, o‘sha hududda joylashgan bolalar musiqa va sanʼat maktabining imkoniyati hamda ustoz va pedagoglarning mavjudligidan kelib chiqib, taʼlim yo‘nalishlari 6-13 tagacha turi tashkil qilinadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan yoshlarning musiqa va san’at maktablarida, kutubxonalarda, ijodiy ustaxonalar va xalq ustalari maktablarida “ustoz-shogird” tamoyili asosida o‘qishi, tashkillashtirilayotgan madaniy tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish.

Murojaatingizni qoldiring!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash