Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga
13 Jul, 2022 - 15:30
543
Davlat-xususiy sheriklik bo'yicha e'lon
Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan
madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshqa talabgorlarga loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi
2022-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “SHABNAM ZILOL TOMCHI” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan,
madaniyat markazini yangidan rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bilan bir qatorda tuman aholisiga sifatli madaniyat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan aholi vakillari uchun jami madaniyat va san’at to‘garaklariga 20 va 50 % gacha miqdorda arzonlashtirilgan chegirmali narhlarda ta’lim xizmatlarini taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida’’ gi OʻRQ-537-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-3892-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarorlariga asosan Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Katput MFY, Katput ko‘chasida joylashgan, 5-son madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilishi belgilangan.
Bunda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi inobatga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat–xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.
Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlarni (Takliflarni) 2022-yil 26-avgust kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tendrlar (takliflar) quydagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahar T.Shevchenko koʻchasi 1 uy (Madaniyat vazirligi).
“DXSH toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.