“Jaloliddin Manguberdi” kelajak milliy qahramoni obrazini yaratish bо‘yicha tanlov

20 Jul, 2022 - 08:30
1212
“Jaloliddin Manguberdi” kelajak milliy qahramoni obrazini yaratish bо‘yicha tanlov

Axborot va matbuot xizmati

Diqqat tanlov!

Zamonaviy milliy qahramon obrazlarini yaratish, bu orqali bolalar va о‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bо‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida “Jaloliddin Manguberdi” kelajak milliy qahramoni obrazini yaratish bо‘yicha tanlov e'lon qiladi.

Tanlovning talab va shartlari

1. “Jaloliddin Manguberdi” kelajak milliy qahramoni obrazini yaratish bо‘yicha tanlovning asosiy maqsadi:
“Jaloliddin Manguberdi” kelajak milliy qahramoni obrazi (milliy, fantastik, ilohiy kuchga ega qahramon)ni yaratish;
milliy qahramon obrazi haqida sahna asarlar, multfilm, serial 
va filmlar yaratish hamda namoyish etish;
aholi, ayniqsa, bolalar va о‘quvchi yoshlar orasida milliy qahramon obrazini ommalashtirish, targ‘ib qilish;
milliy qahramon obrazi orqali bolalar va о‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bо‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat.
2. Tanlov 2022-yil 10-iyuldan – 10-avgustga qadar bir marotaba о‘tkaziladi.
3. Tanlovni о‘tkazish maqsadida tashkiliy qо‘mita tuziladi.
4. Tanlovning tashkilotchisi О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hisoblanadi.
5. Ijodiy ishlar quyidagi talab va mezonlarga javob berishi shart:
tanlovning mavzusiga muvofiqligi va aniqliligi;
obraz (tashqi kо‘rinishi)ning milliy xususiyatlarni saqlagan holda zamonaviy (fantastik), takrorlanmas kо‘rinishga ega ekanligi;
obrazning professional mahorat bilan ishlanganligi;
mavzuning original yechimi;
obraz xarakteri va о‘ziga xosligi;
obraz kо‘rinishidagi ranglar uyg‘unligi, yechimi va jozibadorligi;
obrazda vatanparvarlik va qahramonlik g‘oyalari ochib berilganligi.
6. Tanlovda yoshidan qat’i nazar barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Taqdim etiladigan ijodiy ishlar 1 nusxada A-3 formatda hamda elektron kompyuter grafikasi (razresheniye: 300, svetovoy rejim: RGB) va 3D formatda ishlangan variantida bо‘lishi lozim. 
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar nufuzli va malakali mutaxassislar tomonidan saralanadi va bitta g‘olib aniqlanadi.
Tanlovga belgilangan muddatdan sо‘ng topshirilgan materiallar kо‘rib chiqilmaydi.
Tanlov g‘olibining ishlari О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining muallifligida о‘tkaziladi.
7. Tanlov g‘olibi 20 mln. sо‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan materiallar Toshkent shahri, T.Shevchenko kо‘chasi 1-uy, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasida qabul qilinadi.
Tel. 55 502-33-77 (ichki raqam: 120, 121,122,123,124,125)
Elektron manzil: teatrlar@umail.uz / Mendir Man telegram kanali orqali yuboriladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash