So‘x tumanida O‘zbekiston va Tojikiston taniqli san’atkorlari ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tdi

07 Jun, 2022 - 09:58
409
So‘x tumanida O‘zbekiston va Tojikiston taniqli san’atkorlari ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tdi

Axborot va matbuot xizmati

So‘x tumani markaziy stadionida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda shoir va yozuvchilar, O‘zbekiston va Tojikistonning taniqli san’atkorlari ishtirok etdi. 

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimizning alohida e’tibori tufayli so‘nggi yillarda So‘x tumanida ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar ro‘y berayotganini ta’kidladi.

Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Maliksho Ne’matzoda ikki mamlakat yetakchilarining yuksak siyosiy irodasi natijasida o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik rishtalari yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etib, birgalikdagi konsert dasturi ham o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.

Tadbirda Ozodbek Nazarbekov, Jo‘rabek Murodov, Gʻulomjon Yoqubov, Yodgor Sa’diyev, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova, Mardon Mavlonov, Asliddin Do‘stov, Milena Madmusayeva, Muhsinbek Mo‘minov, Valijon Qodirov, Akmal Sadixonov kabi O‘zbekiston va Tojikistonning taniqli san’atkorlari ijrosida Ona Vatanni, insoniylik va mehr-oqibatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. O‘zbekiston xalq shoirlari Mahmud Toir hamda Iqbol Mirzo tomonidan she’rlar o‘qildi. 

Umuman aytganda, tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Madaniyat.uz  | Telegram  | Facebook  | Instagram | YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash