Fidoyi faoliyatning yuksak e’tirofi

11 Jun, 2022 - 16:46
403
Fidoyi faoliyatning yuksak e’tirofi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy ma’naviy merosi va an’analarini asrab-avaylash hamda jahon miqyosida keng targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi, talaba yoshlarga o‘zbek va jahon mumtoz san’ati durdonalari va zamonaviy yutuqlarini o‘rgatish, ularning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, yuksak professional mahorat va malakaga ega bo‘lgan soha vakillarini tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun ushbu nufuzlu oliy ta’lim dargohining professor-o‘qituvchilardan bir guruhi davlatimizning faxriy unvoni, orden va medallari bilan mukofotlandi. 

Xususan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining fakultetlararo fortepiano ijrochiligi kafedrasi professori Inna Abdullayeva “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni, akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori Muqaddas Rizayeva “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Tantanali taqdirlash marosimida ishtirok eta olmaganliklari sababli mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvaxitov ularning xonadonlariga borib topshirdi va Yurtboshimizning tabrigini yetkazdi. 

Fidoyi ustozlar bunday yuksak e’tibordan behad xursand bo‘lib, Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Madaniyat.uz  | Telegram | Facebook  | Instagram | YouTube 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash