"Ayvon" spektakli bilan ijodiy safar
13 Jun, 2022 - 14:08
388
Axborot va matbuot xizmati
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri va Gruziyaning Mesxetiya davlat drama teatri o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan teatr jamoasi rejissyor Nino Maglakelidze tomonidan sahnalashtirilgan "Ayvon" spektakli bilan ijodiy safar uchun Gruziya davlatiga jo'nab ketdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi Gruziyalik san‘at arbobi Vasil Chegogedzening taklifiga binoan Ozurgeti shahar davlat drama teatrida bo'lib, u yerning tarixi hamda hozirgi paytdagi ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube