"Vodiy folk" respublika festivali

18 Jun, 2022 - 13:37
421
"Vodiy folk" respublika festivali

Axborot va matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Vodiy folk" respublika festivali  madaniyat vazirining 228-sonli buyrug'i asosida kecha Namangan viloyatida tantanali ravishda o'tkazildi.

Jamoalar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi:

Buxoro viloyati "Jondor" folklor-etnografik xalq ansambli 1-darajali diplom 50 million so'm pul mukofoti;

Farg'ona viloyati Qo'qon shahar "Omonyor" folklor-etnografik xalq ansambli 2-darajali diplom 40 million so'm pul mukofoti;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tuman "Aqtuba" folklor etnografik xalq ansambli 3-darajali diplom 30 million so'm pul mukofoti;

"Eng yaxshi xalq o'yinlari namoyishi" Andijon viloyati "Bedana" folklor ansambli;

"Mohir lapar ijrochisi" Toshkent shahri "Durdona" folklor ansambli;

"Xalq òyinlarining mohirona ijrochisi" Jizzax viloyati "Oypari" folklor ansambli;

"Qadimiy musiqa cholg'ular ijrochisi", "Jamoaning badihago'y baxshisi" Qashqadaryo viloyati "Toshqin buloq" bolalar folklor ansambli;

"Hududga xos lokal uslublarni mohir ichrochisi", "Eng yaxshi yakkaxon ijrochi" Tojixon Jo'rayeva Namangan viloyati "Yor-yor" ansambli;

"Mohir raqs san'ati uchun" Xorazm viloyati "Jòralar" folklor ansambli;

"Eng yosh folklor jamoasi" Sirdaryo viloyati "Enadaryo" bolalar folklor ansambli;

"Eng yaxshi aktyorlik mahorati uchun" Toshkent viloyati "Ko'zmunchoq" bolalar folklor ansambli faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Madaniyat.uz  | Telegram  | Facebook  | Instagram | YouTube 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash