Mulohazalar markazida...

25 Jun, 2022 - 21:09
546
Mulohazalar markazida...

Axborot va matbuot xizmati

Yoshlarimiz—ertangi kun yaratuvchilari
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalarga alohida e’tibor qaratayotganlari bejiz emas. Buning zamirida kelajak qayg‘usi mujassam. Bugun dunyoda yuz berayotgan muhim siyosiy voqealar, inson ongiga ta’sir qiluvchi axboriy, g‘oyaviy hujumlar, ba’zi mamlakatlardagi notinchlik, murakkab vaziyat ayniqsa yoshlar bilan uchrashish, ularni ko‘proq eshitish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bu haqda Prezidentimiz ham o‘zining har bir chiqishlarida qayta-- qayta ta’kidlamoqda. 

Shu asosda respublikadagi barcha rahbarlar oldiga yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning umumiy, o‘rta va oliy ta’lim jarayonlaridagi faoliyati bilan tanishish, mavjud muammolarga samarali yechim topish, shuningdek, istiqbolli g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida bir guruh yoshlar bilan uchrashdik, dildan suhbatlashdik. Muloqot davomida yoshlar tomonidan bir qator samarali takliflar bildirildi. Ularning mulohazalarini tinglab turib, amin bo‘ldikki, bugungi yoshlarimizning aksariyati mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni teran anglab, Yangi O‘zbekiston  poydevorini qurishda munosib hissa qo‘sha oladigan kuchli salohiyat egalari! Zotan milliy taraqqiyotimizning asl quruvchilari, bebaho qadriyatlarimiz targ‘ibotchilari ham ana shu zukko yoshlarimizdir.

Ular bilan bilan uchrashib, tez –tez muloqotda bo‘lish shu ma’noda bugungi kunning eng muhim talabi, muammolar yechimining kaliti ham aynan shunday samimiy suhbatlarda topiladi...

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash