27-iyun — Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
27 Jun, 2022 - 09:11
444
Axborot va matbuot xizmati
Jonkuyar xodimlarning beminnat xizmatlari tufayli jamiyatimiz hayotiga oid har bir o‘zgarish tezkorlik bilan xalqimizga ochiqlanmoqda. Chin ma’noda “To‘rtinchi hokimiyat” vakillari sanalgan Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari orasida salohiyatli, o‘tkir qalam sohiblari borki, ular xalq va davlat o‘rtasidagi elchilar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Madaniyat vazirligi tizimda faoliyat olib borayotgan jurnalistlarni, o‘z mehnat faoliyatida odillik, xolislik, tezkorlik, shaffoflik va tashabbuskorlikni shior qilib olgan barcha matbuot va OAV xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etadi!
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube