San'at va madaniyatda xalqaro hamkorlik
29 Jun, 2022 - 12:40
396
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan madaniyat markazlari rahbarlari uchun menejment (madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha) yo‘nalishida tahsil olayotgan kurs tinglovchilari uchun seminar tashkil etildi.
Buyuk Britaniyaning Creative & Cultural Entrepreneurship instituti hamda madaniyat siyosati magistratura dasturi asoschisi professor Gerald Lidstone tomonidan "Madaniyat va san’at sohasida ijtimoiy loyihalarga mablag‘ yig‘ishda xorij tajribasi" mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda kurs tinglovchilari sohaga doir yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube