"Eng yaxshi yosh olim-2022" xalqaro tanlovi

29 Jun, 2022 - 17:42
442
"Eng yaxshi yosh olim-2022" xalqaro tanlovi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat koservatoriyasi magistranti, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Go‘zal Abdullayeva MDH davlatlari o‘rtasida Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida o‘tkazilgan "Eng yaxshi yosh olim-2022" xalqaro tanlovida "San’at" yo‘nalishi g‘olibi bo‘lib, diplom, guvohnoma va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Go‘zal Abdullayeva ushbu tanlovda o‘zbek operasi (M.Bafoyevning "Hamsa")  tahliliga bag‘ishlangan, ingliz tilida yozilgan ilmiy maqolasi bilan qatnashib, yosh olimlar safidan joy oldi. Maqola "Eng yaxshi yosh olim-2022" nomli MDH davlatlarining V xalqaro kitobida chop etildi.

Madaniyat vazirligi Go‘zal Abdullayevani ushbu e’tirof bilan qutlab, ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Madaniyat.uz  | Telegram  | Facebook  | Instagram  | YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash