Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi spektakl taqdimoti

05 Jul, 2022 - 18:48
457
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi spektakl taqdimoti

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat vazirligi tomonidan 2022-yil uchun tasdiqlangan repertuar rejasiga muvofiq Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida  J.Molyerning "Hasis" komediyasi Turkiyadan tashrif buyurgan rejissyor Kubilay Erdilikara hamda yordamchi rejissyor Arken Selek tamonidan saxnalashtirildi. 

Kuni kecha spektakl badiiy kengash a’zolariga taqdim qilindi. Spektakl muvaffaqiyatli sahnalashtirilganligi sabab teatr repertuari uchun qabul qilindi. Mutaxassislar tomonidan spektakl xalqaro festivallarda ishtirok etish uchun munosib deya baholanib, premyerani Toshkent shahrida o‘tkazish uchun tavsiyalar berildi.

Madaniyat.uz  | Telegram  | Facebook | Instagram  | YouTube 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash