Yangiyoʻldagi madaniyat maskanlari koʻzdan kechirildi

07 Jul, 2022 - 11:00
430
Yangiyoʻldagi madaniyat maskanlari koʻzdan kechirildi

Axborot va matbuot xizmati

Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi Avazbek Shomurodov Yangiyoʻl shahridagi madaniyat uyi hamda bolalar musiqa va sanʼat maktabi holati bilan tanishdi.

A.Shomurodov toʻgaraklar va oʻquv mashgʻulotlari, madaniyat maskanlarining moddiy-texnik bazasini koʻzdan kechirar ekan, madaniyat sohasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish lozimligini alohida taʼkidladi.

Soha xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish va toʻgaraklar faoliyatini yanada jonlantirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Madaniyat.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram | YouTube 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash