"Mirzo Ulug‘bek" tarixiy dramasi
07 Jul, 2022 - 13:03
396
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati musiqali drama teatri jamoasi Maqsud Shayhzoda qalamiga mansub "Mirzo Ulug‘bek" tarixiy dramasini davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirdi. Rejissor Olimjon Salimov.
Spektakldagi bosh rolni O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ijro etdi. Asar madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi badiiy kengash a’zolariga taqdim qilindi. Shundan so‘ng Bahodir Ahmedov teatr jamoasini zalvarli va sermazmun yangi asar bilan qutladi. "Teatr - bu ko‘zgudir, unda har bir inson o‘z aksini ko‘radi" degan mashhur iborani qayd etib o'tdi. Spektakl keng jamoatchilik ommasiga namoyish etish uchun qabul qilindi.
Madaniyat.uz (http://www.madaniyat.uz/) | Telegram (https://t.me/madaniyatvazirligi) | Facebook (https://www.facebook.com/madaniyat.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/) | YouTube (http://youtube.com/channel/UCYTQJhNSqcT8dvDMSD8GwaQ)