Yevropadagi eng mashhur zalda o‘zbekcha ohanglar yangraydi...
11 Jul, 2022 - 17:32
435
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligi xodimlaridan iborat o‘zbek delegatsiyasi Fransiyada bo‘lib, Parij filarmoniyasi direktor o‘rinbosari Viktor Sabatiyer bilan uchrashdi.
Muzokara davomida joriy yil sentabr oyida Yevropada eng mashhur zallardan biri bo‘lgan Parij filarmoniyasi katta zalida o‘zbek san’atkorlari ishtirokida konsert o‘tkazish xususida kelishib olindi.
Kelishuvga binoan, mazkur konsert doirasida maqom va baxshichilik yo‘nalishida 4 ta konsert dasturlari namoyishi tashkil etiladi. Shu kabi masalalar muhokama etilgan uchrashuv har ikki tomon uchun samarali kechdi.