Malta xalqaro klassik musiqa festivali

13 Jul, 2022 - 12:38
432
Malta xalqaro klassik musiqa festivali

Axborot va matbuot xizmati

15-iyundan 13-iyulgacha Yevropa madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (EUFSC) o‘zining yillik Malta xalqaro klassik musiqa festivali (MIMF)ni Maltaning nufuzli maskanlarida taqdim etmoqda.

Ushbu san'at anjumanida dunyoning nufuzli orkestrlari — Malta filarmonik orkestri, Chexiya filarmonik orkestri, Turkiyaning Chukurova nomidagi davlat simfonik orkestri, Italiyaning Selini kvarteti, Kiyev virtuoz orkestri va boshqalar qatnashmoqda.

E'tiborlisi, bu yilgi festivalga bosh dirijor Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi 70 nafar sozandadan iborat O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ham taklif etilgan bo‘lib, ko‘plab xalqaro tanlovlar laureatlari, taniqli musiqachilar chiqish qildi. Ular orasida mahoratli pianinochi hamyurtimiz Behzod Abduraimov ham o‘z ishtiroki bilan yevropalik musiqa ixlosmandlarining olqishiga sazovor bo’ldi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash