Diqqat tanlov!

15 Jul, 2022 - 17:02
458
Diqqat tanlov!

Axborot va matbuot xizmati

"Yosh maqom ijrochilari" respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Maqom ijrochilik sanʼatiga qiziqishi yuqori bo‘lgan, o‘z isteʼdodlarini katta sahnalarda namoyish etish istagidagi 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barchani  "Yosh maqom ijrochilari" respublika ko‘rik-tanloviga taklif etamiz. 

Hakamlar hayʼati maqom sanʼatining yetuk xonanda va sozandalaridan iborat mutaxassis hamda professor o‘qituvchilardan iborat boʼladi 

Tanlov yo‘nalishlari:

Maqom xonandaligi:
- Erkak ovoz
- Ayol ovoz

Maqom ansambli

Maqom cholg‘u ijrochiligi:
- nay, qo‘shnay, surnay ijrochiligi
- chang, qonun ijrochiligi
- qashqar rubobi, ud ijrochiligi
- dutor, tanbur, sato ijrochiligi
- g‘ijjak ijrochiligi
- doira, nog‘ora ijrochiligi

Hujjatlarni taqdim etish uchun tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga murojaat qiling.

Ijro dasturi
https://telegra.ph/maqom-tanlovi-07-15

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash