Komiljon Otaniyozov tavalludining 105 yilligi

22 Jul, 2022 - 18:00
499
Komiljon Otaniyozov tavalludining 105 yilligi

Axborot va matbuot xizmati

Bugun O'zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 105 yilligi Xorazm viloyatida keng nishonlandi. Ertalab ustoz san'atkorni xotiralab qabri ziyorat qilindi. Uy muzeyiga sayohat uyushtirildi. Shundan so'ng viloyat musiqali drama teatrida konsert dasturi tashkil qilindi.

Konsert dasturida O'zbekiston xalq xofizi Farhod Davletov, O'zbekiston xalq artistlari G‘ofur va G‘ulom Eshchanovlar, Guloro Raximova, Gavhar Matyaqubova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Ravshan Matyaqubov, To‘lqin Jabborov, Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist Karimboy Raxmanov va taniqli san'at vakillari ishtirok etishdi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash