Bo‘stonliq tumanida madaniyat kunlari

23 Jul, 2022 - 10:01
479
Bo‘stonliq tumanida madaniyat kunlari

Axborot va matbuot xizmati

Toshkent viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi va Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi, shuningdek, qator hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirok etdi.

Hududlarda madaniyat muassasalari tomonidan o‘zarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlari va madaniyat kunlarini tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda diltortar kuy-qo‘shiqlar yangradi, dilbar raqslar ijro etildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov, "Nihol" Davlat mukofoti sohibalari Fotima va Zuhra Tursunboyevalar, "Qurama" folklor ansambli va bir qator unvonga ega jamoalarning chiqishlari musiqiy kechaga o‘zgacha fayz-tarovat bag‘ishladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash