"Turk dunyosi" festivali
23 Jul, 2022 - 10:32
502
Axborot va matbuot xizmati
Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi tizimidagi ijodiy jamoalar vakillaridan iborat delegatsiya ayni paytda Turkiyada gastrol faoliyatini davom ettirmoqda.
Ijodiy jamoa "Turk dunyosi" festivalidagi badiiy chiqishlarini boshladi. Malatya shahrida o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqs san’ati namunalarini namoyish etayotgan ijodiy jamoamizning har bir chiqishini xorijlik tomoshabinlar olqishlar bilan qarshi olishmoqda.