O‘zbekiston – Yevropa: hamkorlikning yangi bosqichi

24 Jul, 2022 - 17:00
577
O‘zbekiston – Yevropa: hamkorlikning yangi bosqichi

Axborot va matbuot xizmati

Filarmoniya bosh direktori Anvarjon Tojiboyev Polshaning Lodz shahridagi Artur Rubinshteyn filarmoniyasiga tashrif buyurib bosh direktor Tomash Beben bilan uchrashdi. Tashrif davomida san’atkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy texnik imkoniyatlar filarmoniya faoliyati bilan atroflicha tanishildi.

Uchrashuv yakunida ikki filarmoniya o‘rtasida o‘zaro madaniy hamkorlikni o‘rnatish hamda kelgusida konsert loyihalari, mahorat darslarini tashkil etish, sohada marketing va art-menedjerlik faoliyatini rivojlantirish kabi madaniy almashinuvlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama etildi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamda Polshaning Artur Rubinshteyn filarmoniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishiga kelishildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash