Xorazm viloyati hokimligi tomonidan viloyatning tuman va shaxarlarida davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat markazlari qurish uchun ajratilgan yer maydonlari to‘g‘risida MA’LUMOT
09 Aug, 2022 - 11:17
428
Davlat xususiy sherikchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil
12-13– mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 17-sonli majlis bayoning 99-bandiga asosan yoshlarni madaniyat va san’atga qiziqtirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazishni tashkil qilish yuzasidan viloyatdagi shahar va tumanlar markazlaridan madaniyat markazlari binosini qurish maqsadida belgilangan tartibda 0.5 gektardan kam bo‘lmagan yer maydoni ajratilishi belgilangan.
Shunga asosan, quyidagi jadvalda Xorazm viloyatining shahar va tuman hokimliklari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida Madaniyat markazlari qurish uchun ajratilgan yer maydonlari keltirilgan.
Xorazm viloyati hokimligi tomonidan viloyatning tuman va shaxarlarida
davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat markazlari qurish uchun ajratilgan yer maydonlari to‘g‘risida
MA’LUMOT
№ |
Tuman va shahar nomi |
Hokimlik qarori sanasi va raqami |
Madaniyat markazi qurilishi uchun ajratilgan yer manzili
|
1 |
Bog‘ot tumani |
30.04.2021-yil 970K-son |
Bog‘ot tumani, “Ko‘hna Birlashuv” MFY A.Navoiy massivi hududidan |
2 |
Gurlan tumani |
19.04.2021-yil 1029-son |
Gurlan tumani, Mustaqillik ko‘chasi, A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i yer maydoni hududidan |
3 |
Qo‘shko‘pir tumani |
01.05.2021-yil 1133q-son |
Qo‘shko‘pir shaxarchasi, Sh.Rashidov ko‘chasi, Az-Zamaxshariy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i yer maydoni hududidan |
4 |
Tuproqqal’a tumani |
25.08.2020-yil 340q-son |
Tuproqqal’a tumani, Pitnak shaxarchasi, Muhabbat mahallasi hududidan |
5 |
Urganch tumani |
29.04.2021-yil 970k-son |
Urganch tumani, Qorovul qishlog‘i, Bo‘ston mahallasi, Tinchlik ko‘chasi, Urganch tuman madaniyat va istirohat bog‘i yer maydoni hududidan |
6 |
Urganch shaxri |
30.04.2021-yil 641K-son |
Urganch shaxri, 186-kvartal, “Yangi Ashxobod” mahallasi hududidan |
7 |
Xiva tumani |
01.05.2021-yil 1035-son |
Xiva tumani, Avaz Dunak mahallasi hududidan |
8 |
Xiva shaxri |
01.05.2021-yil |
Xiva shaxri, “Mevaston” mahallasi hududidan |
9 |
Xonqa tumani |
30.04.2021-yil 390K-son |
Xonqa tumani, “Madir” qishlog‘i, Do‘stlik mahallasi hududidan |
10 |
Xazorasp tumani |
01.05.2021-yil 892k-son |
Xazorasp tumani, “Sulaymon qal’a” mahallasi hududidan |
11 |
Shovot tumani |
01.05.2021-yil |
Shovot tumani, Do‘stlik mahallasi, “Komiljon Otaniyozov” madaniyat va istirohat bog‘ining yer maydoni hududi |
12 |
Yangiariq tumani |
29.04.2021-yil |
Yangiariq tumani, Yangiariq mahallasi “Roziq Ollabergan” madaniyat va istirohat bog‘ining yer maydoni hududi |
13 |
Yangibozor tumani |
30.04.2021-yil |
Yangibozor tumani, Do‘stlik mahallasi hududidan |
Mazkur hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida Madaniyat markazi faoliyatini tashkil etishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin.
Toshkent shaxar, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy (Madaniyat vazirligi)
Tel: 55 502-33-77 (204)