E'lon

09 Aug, 2022 - 17:15
671
E'lon

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi  2022-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e'lon qiladi.

- Madaniyat va san’at sohasida zamonaviy marketing va menejmentni joriy etish bo‘yicha o‘quv malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish;

- Konsert va san’at saroylari, madaniyat markazlari boshqaruv xodimlarining madaniyat va san’at servisi, madaniyat va san’at obyektlarini zamonaviy boshqaruvi, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yaxshilash masalalarida bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish;

- Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar o‘tkazishning zamonaviy menejmenti va marketingi yo‘nalishlarida o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;

- Madaniyat va san’at ob’yektlarini korporativ boshqaruvini takomillashtirish va ilg‘or xorijiy amaliyotni integratsiya qilish;

- Madaniyat sohasida marketing va menejment yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali aholini mazmun-maqsadli va samarali madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar bilan qamrab olish maqsadida “Madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish” ustuvor yo‘nalishidagi (300 mln. so‘m) tanlov o‘tkaziladi.

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiq kelishi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

https://www.fondngo.uz/ saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;

Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda  litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2022-yil 29-iyulidan 31-avgustiga qadar qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Murojaat uchun telefon:  +998712392676,  +998977679583.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash