Karmanada maqom kechasi oʻtkazildi
13 Sep, 2022 - 10:00
387
Axborot va matbuot xizmati
Karmana tuman hokimligi tashabbusi bilan viloyat madaniyat boshqarmasi, tuman madaniyat bo‘limi hamkorligida "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida maqom kechasi tashkillashtirildi. Ushbu maqom kechasida Karmana tuman hokimi F. Umarov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.
Maqom kechasida davomida Navoiy viloyat maqom ansambli ijrosidagi eng sara maqom va mumtoz qo‘shiqlar jonli ijro etildi.