“Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz ne’mat” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
13 Sep, 2022 - 17:00
413
Axborot va matbuot xizmati
Prezidentimizning 2022-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida Madaniyat vazirligida “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz ne’mat” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharhlovchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi, YUNЕSKO akademigi Qobilbek Karimbekov ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Muloqotda mustaqillikning qadr-qimmati, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan yuritilayotgan do‘stona va teng huquqli tashqi siyosatning ahamiyati xususida so‘z bordi. Shuningdek, joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘ladigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisiga alohida e’tibor qaratildi.