Surxondaryoda madaniy-ma’rifiy tadbirlar yakuniga bag‘ishlangan gala-konsert bo‘lib o‘tdi

15 Sep, 2022 - 17:57
417
Surxondaryoda madaniy-ma’rifiy tadbirlar yakuniga bag‘ishlangan gala-konsert bo‘lib o‘tdi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 9-14-sentabr kunlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida poytaxtdan tashrif buyurgan 160 ga yaqin taniqli olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilmlar namoyishi yuksak saviyada tashkil etildi.

Termiz shahridagi amfiteatrda ushbu dasturning yakuniga bag‘ishlangan gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov qariyb bir hafta davomida xalqimiz bilan hamnafas bo‘lib o‘zlarining eng sara ijod namunalari, kuy-qo‘shiqlari bilan yurtdoshlarimiz qalbiga kirib borgan taniqli ma'naviyat targ‘ibotchilariga minnatdorlik bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash