Fransiyada mustaqilligimizning 31 yilligi nishonlandi
16 Sep, 2022 - 19:59
411
Axborot va matbuot xizmati
15-sentabrda Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida mustaqilligimizning 31 yilligi nishonlandi
Bayram tadbiri O‘zbekiston va Fransiya mamlakatlarining davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi. Ushbu bayramda Parij gastrol safarida bo‘lib turgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azizjon Zokirov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar hamda talabalardan tashkil topgan jamoa qatnashdi.
O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi mudiri, dotsent Ilyos Arabov, Doston ijrochiligi kafedrasi mudiri Zafar Xayitov, katta o‘qituvchi Farangiz Mahmudova, Vosidjon Mahmudov, Feruz Baxshi Normatov hamda "Bahor" davlat raqs ansambli ijrosida milliy musiqa san'atimiz namunalari jarang sochdi.
O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustambayev ijodiy guruh rahbari Azizjon Zokirovga va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga minnatdorlik izhor etdi.
Ijodiy guruhning o‘zbek milliy musiqalari konserti 16-17-sentabr kunlari Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.