Alibek Kabdurahmonov boshchiligida konsert dasturi bo'lib o'tdi
18 Sep, 2022 - 10:00
224
Axborot va matbuot xizmati
17-sentabr kuni "Turkiston" san'at saroyida O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi milliy simfonik orkestri dirijyori Alibek Kabdurahmonov boshchiligida konsert dasturi bo'lib o'tdi
Mazkur dasturda O'zbekiston, Qoraqalpog'iston va Boshqirdiston Respublikalari xalq artisti Jenisbek Piyazov hamda “Nihol'' davlat mukofoti va xalqaro tanlovlar sovrindori Aqilbek Piyazov ishtirok etib, jahon va o'zbek durdona asarlarini mohirona ijro etib, muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
Shuningdek, konsertda mashhur italiyalik sozanda Lyudoviko Tronkanetti ham o'z chiqishlari ila ishtirok etdi. U o'zbek san'atini qadrlashini ta'kidladi.