Pyesalar tanlovi yakuniga yetmoqda
25 Nov, 2022 - 17:05
601
Axborot va matbuot xizmati
“Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan vazirlikning tegishli buyrugʻiga asosan eʼlon qilingan dramatik, musiqali drama va qoʻgʻirchoq pyesalar tanlovining yakuni boʻyicha baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni baholash komissiyasi raisi, Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari B.Axmedov olib bordi. Yigʻilish qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻlib, tanlovga kelgan asarlar sohada faoliyat olib borayotgan tajribali dramaturg, rejissyor, sanʼatshunos va teatrshunos olimlar tomonidan saralanib, gʻoliblar ovoz berish yoʻli orqali aniqlandi.
Tanlov natijalari respublikamiz konstitutsiyasining 30 yilligi arafasida ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinadi.