Pyesalar tanlovi yakuniga yetmoqda

25 Nov, 2022 - 17:05
716
Pyesalar tanlovi yakuniga yetmoqda

Axborot va matbuot xizmati

 “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan  vazirlikning tegishli buyrugʻiga asosan  eʼlon qilingan dramatik, musiqali drama va qoʻgʻirchoq pyesalar tanlovining  yakuni boʻyicha baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni baholash komissiyasi raisi, Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari B.Axmedov olib bordi. Yigʻilish qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻlib, tanlovga kelgan asarlar sohada faoliyat olib borayotgan tajribali dramaturg, rejissyor, sanʼatshunos va teatrshunos olimlar tomonidan saralanib, gʻoliblar ovoz berish yoʻli orqali aniqlandi.
Tanlov natijalari respublikamiz konstitutsiyasining 30 yilligi arafasida ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash