"Yosh maqomchilar" respublika tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi

25 Nov, 2022 - 17:09
740
"Yosh maqomchilar" respublika  tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat vazirligi joriy yilning 25-28 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2022-yil 2-fevraldagi 112-sonli qaroriga asosan har ikki yilda bir marotaba 14 ta naminatsiya bo‘yicha “Yosh maqomchilar” respublika tanlovining yakuniy final bosqichini o‘tkazadi.

Bu yil tanlovning yakuniy bosqichida respublikamizning barcha hududlaridan 196 nafar iqtidorli yoshlar ishtiroki rejalashtirilgan bo‘lib, tanlov mobaynida ishtirokchilar uchun mahorat darslari, Toshkent shahri bo‘ylab sayohatlar va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, o‘zbek maqom ijrochilik san’atini yanada yuksaltirish, Maqom san’atining ko‘p asrlik ijro yo‘llarini puxta o‘zlashtirish, ularni yosh avlod vakillariga o‘rgatish, ijrochilik mahoratlarini oshirish orqali yosh maqomchilarini kashf etishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash