Orifxon Hotamov nomidagi maqom san’ati va mumtoz qо‘shiqchilik tanlovi bo'lib o'tdi
26 Nov, 2022 - 15:38
528
Axborot va matbuot xizmati
2022-yilning 25-noyabr kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida О‘zbek milliy musiqa san’atining atoqli ijodkorlaridan biri, о‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etish, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qо‘shgan ulug' san’atkor, О‘zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamov nomidagi maqom san’ati va mumtoz qо‘shiqchilik respublika tanlovi bо‘lib о‘tdi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda konsert dasturi 26-noyabr kuni soat 11:00 da viloyat musiqali drama teatrida о‘tkazildi.
Orifxon Hotamov nomidagi maqom san’ati va mumtoz qо‘shiqchilik tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari Madaniyat vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining maxsus diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.