Madaniyat vazirligida o'quv-seminar bo`lib o`tdi

28 Nov, 2022 - 15:40
596
Madaniyat vazirligida o'quv-seminar bo`lib o`tdi

Axborot va matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tomonidan tashkil etilgan "Xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ma'naviyati, madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish bo'yicha Toshkent shahar tajribasini amalga oshirish" borasidagi tadbirlari doirasida bugun Madaniyat vazirligida xotin-qizlarning yot g'oyalar va mutaasiblikka berilishining oldini olish bo'yicha o'quv-seminari bo'lib o'tdi. 

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi boshqarma prokurori B.Kaxorov hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining mas'ul xodimi A.Shukurovlar tomonidan mavzu yuzasidan atroflicha tushintirishlar berilib, diniy aqidaparastlikka berilmaslik, uning salbiy oqibatlari to'g'risida, shunindek jamiyat rivojida ayolning o'rni, milliy qadriyatlarning ahamiyati haqida alohida ta'kidlab o'tildi. 

O'quv-seminar davomida tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o'z fikr-mulohazalarini ham bildirib o'tdilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash