Korrupsiyaga qarshi kurash
28 Nov, 2022 - 20:00
916
Axborot va matbuot xizmati
Korrupsiya – har qanday davlatning taraqqiyotiga katta xavf tug‘diruvchi illatdir. Unga qarshi kurash esa, har jabhada olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu jumladan, Madaniyat vazirligi ham korrupsiya qarshi kurashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Buning natijasi o'laroq, Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda, Madaniyat vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat bo'limi boshlig'i K.Rahimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati bosh mutaxassisi A.Nazarov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i F.Najimovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022-yil 17-avgustdagi 8-son yig'ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini, Madaniyat vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 345-son buyrug’i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, bu borada tizimda olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.
Qolaversa, xodimlarning xizmat faoliyati davomida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, uni oldini olish borasida qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.