Korrupsiya - kelajakka tahdid

30 Nov, 2022 - 16:02
863
Korrupsiya - kelajakka tahdid

Axborot va matbuot xizmati

Korrupsiya oddiy xalq vakillarining yuqori amaldorlarga yoxud davlat amaldorlarining oʻzaro bir-birlariga boʻlgan munosabatidan kelib chiqadi. Bu salbiy holatning har qanday koʻrinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib borishi muqarrardir. 

Bugun, mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, Madaniyat vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda vazirlik tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Unda, Madaniyat vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat bo'limi boshlig'i K.Rahimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati bosh mutaxassisi  A.Nazavov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i F.Najimovlar ishtirok etdi. 

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022-yil 17-avgustdagi 8-son yigilish bayoni da belgilangan vazifalar ijrosini, Madaniyat vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 345-son buyrug’i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, bu borada tizimda olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi. 

Qolaversa, korrupsiya balosi dunyoning istalgan joyida avj olgan eng katta muammolardan biri ekani, xodimlarning xizmat faoliyati davomida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik,  uni oldini olish borasida qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash