Baxshichilik san’ati – umuminsoniy qadriyat
28 Jan, 2023 - 14:25
481
Axborot va matbuot xizmati
Bugungi kunda mamlakatimizda ham o‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 27-yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yurtimizda yagona bo‘lgan Baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashgan Respublika maktab-internatida yosh iqtidor egalari uchun bunyod etilgan turar joy binoalari, bolalarnin bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qo‘shimcha bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, viloyat hokimi baxshi murabbiylar hamda o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Qolaversa, Baxshichilik sanʼatini ommalashtirish maqsadida turli xil tanlovlar tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklandi.
Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilarning yangi-yangi ijod namunalari tinglandi hamda iqtidorli o‘quvchilar viloyat hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qayd etish joizki, 150 o‘rinli zamonaviy o‘quvchilar turar joyi bilan ta’minlangan mazkur maktab-internatida yurtimizning turli hududlari hamda viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan 81 nafar o‘quvchi baxshichilik va sanʼatning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladi.
Ularga 42 nafar o‘qituvchi murabbiylar, jumladan, 3 nafar xalq baxshilari voha milliy sanʼatini, baxshichilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.