Kino — do‘stlik rishtalarini bog‘laydi

30 Jan, 2023 - 16:12
493
Kino — do‘stlik rishtalarini bog‘laydi

Axborot va matbuot xizmati

Hindistonning Mumbay shahri milliy ijrochilar sanʼat markazida  Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning badiiy va televizion filmlar festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovdan SHHTga aʼzo davlatlarning kinoijodkorlari taqdim etgan 14 ta badiiy film joy olgan bo'lib filmlar orasida o'zbek kino ijodkorlaridan Dilmurod Masaidovning  "Ayol  qismati"  va  Hilol Nasimovning “Meros”  badiiy filmi ham  bor.  

Shuningdek, festival doirasida "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" va   "101- reys"  badiiy  filmlari, qolversa, Hindistonning eng mashhur filmlari uchun sahnalashtirilgan raqslar namoyish etildi.
Quvonarlisi, hay'at aʼzolari orasida O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov ham bor.

 Tomoshabinlar Hindiston, Xitoy, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekistondan kelgan aktyor va aktrisalarni  katta hursandchilik bilan kutib oldilar. Hindistonlik kinoijodkorlardan Hema Malini,  Akshay Kumar,  Punam Dillon, Tayger Shrof,  Elli Avr Ramlar katnashdi. Hind kinoyulduzlari  festivalning ramziy chirog‘ini  tantanali ravishda yoqib berdi. 


Kinofestivalning tantanali ochilishi marosimida Hindiston kino sohasi mutasaddilari  2022-yilda amalga oshirilgan eng katta loyihalar haqida maʼlumot berdi. Ko‘plab  tomoshabinlar mehrini qozongan badiiy film ijodkorlari taqdirlandi. Tantanali marosimda hay'at aʼzolariga ham tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash