O‘zbek yigiti Küstendorf Film & Music Festivali g‘olibi bo‘ldi

29 Jan, 2023 - 16:11
422
O‘zbek yigiti Küstendorf Film & Music Festivali g‘olibi bo‘ldi

Axborot va matbuot xizmati

BDKI Toshkent filiali talabasi Timur Murodov rejissyor Emir Kusturitsaning “Küstendorf Film & Music Festival” kinofestivalida g‘olibi bo‘ldi.

Kinofestival tanlov dasturida 30 dan ortiq davlatdan jami 374 ta film ishtirok etdi. “Kasseta” nomli mazkur qisqa metrajli film oltita nominatsiyalardan birida g‘olib chiqdi. 

Emir Kusturitsa ushbu mukofotni shaxsan o‘zi topshirdi va Timur Murodovga kino maktabi doirasida hamkorlikni taklif qildi. 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha  Emir Kusturitsaning qishlog‘ida “Kasseta” filmining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tgan edi.

2000-yillarning boshlarida Emir Kusturitsa o‘zining “Hayot mo‘jizaga o‘xshaydi” (2004) filmini suratga olishga qaror qilgan. Buning uchun kichik shaharcha Drvengrad etnik qishlog‘i barpo etilgan edi. “Drvengrad” nomini (rus. - yog‘och shahar) shaharcha yog‘ochdan qurilganligi sababli Emir Kusturitsaning o‘zi o‘ylab topgan. Shaharchaning “Kustendorf” taxallusi esa bu yerda har yili o‘tkaziladigan kinofestivalni anglatadi. Timur Murodov ham aynan mana shu festivalga taklif qilingan. Kusturitsaning o‘zi bu maskanda  gastrollardan tashqari bo‘sh vaqtini o‘tkazadi, suratga olish bilan shug‘ullanadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash