San’at do‘stlik elchisi

30 Jan, 2023 - 16:34
598
San’at do‘stlik elchisi

Axborot va matbuot xizmati

Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan xalq og‘zaki ijodi millatlararo hamdo‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Buning aksi o‘laroq, joriy yilning 29-yanvar kuni "Turkiston" san’at saroyida millatlararo hamdo‘stlik, hamjihatlik va madaniy aloqalarni o‘zida mujassam etgan “San’at do‘stlik elchisi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Unda vatan madhi, sevgi muhabbat kabi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi miliiy urf-odat va an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi, milliy kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi.

Shuningdek, “Dolan Uygur Xalq raqs (ussul) ansambli” ning badiiy rahbari Baxtiyar Imramzievga O‘zbekiston Respublikasi qozoq madaniyat markaz raisi Serikbay Usenov tomonidan do‘stlik ordeni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, konsert  dasturi “Yangi avlod Erkatoy-Elnur”, “Uyg‘ur Band” vokal va raqs jamoalari hamda Qozog‘istonning “Dolan Uygur Xalq raqs (ussul) ansambli” bilan hamrorlikda tayyorlandi.

O‘ylaymizki, ushbu konsert dasturi turli millat vakillarining san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va yuksak e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash