Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi

30 Jan, 2023 - 17:06
524
Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi

Axborot va matbuot xizmati

Samarqand xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi o’z ishini boshladi. 

Axborot markazida chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, turistlar uchun qiziqarli boʻlgan madaniy meros obyektlari, turistik yoʻnalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar bo’yicha batafsil maʻlumotga ega boʻlish mumkin.

Markazning ochilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 24-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish,  viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo’yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-455-son Qaroriga muvofiq amalga oshirildi. 

Qayd etish joizki, Samarqand shahrida o‘tgan yili 9 ta turistik axborot markazi o'z ishini boshlagan bo'lib, joriy yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash