Ziyorat turizmi: Malayziyada O‘zbekistonga maxsus ziyorat sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda

31 Jan, 2023 - 18:01
519
Ziyorat turizmi: Malayziyada O‘zbekistonga maxsus ziyorat sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda

Axborot va matbuot xizmati

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov Malayziyaning Perlis shtati administratsiyasi rahbari Mohd Shukri Ramli hamda uning o‘rinbosari Hasnol Zam Zam Ahmad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning ko‘p asrlik islom merosi ziyorat turizmini rivojlantirishda katta istiqbollarga ega. Qolaversa, bugungi kunda Samarqand dunyoga har tomonlama ochilmoqda, uning dunyoga mashhur ziyoratgoh va qadamjolari  sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuningdek, Samarqandning 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti ekanligi va UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qilishi Samarqandning xalqaro miqyosdagi nufuzi yanada ortib borayotganidan dalolat beradi. 

Qayd etish joizki, Samarqand viloyati hududida Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Maxdumi A’zam kabi musulmon olamining taniqli olimlari  yashab ijod qilgan, ularning ziyoratgoh komplekslari ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. 

Ma'lumot uchun, ziyorat turizmi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyatining bir guruh vakillari ayni paytda O‘zbekistonga maxsus ziyorat sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha Malayziyada muzokaralar olib borishmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash