"Jalolliddin Manguberdi” milliy baletining premyerasi bo'lib o'tadi

02 Feb, 2023 - 16:23
721
"Jalolliddin Manguberdi” milliy baletining premyerasi bo'lib o'tadi

Axborot va matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan “Jaloliddin Manguberdi” milliy baleti taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Spektakl O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov va bir guruh hay’at a’zolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi. 

Mazkur spektakl turkiyalik mashhur baletmeyster Mexmet Balkan tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, orkestrga Rossiya Federatsiyasidan teatrga Bosh dirijyor sifatida taklif etilgan Denis Vlasenko dirijyorlik qiladi.
Mazkur sahna asarining premyerasi  “Jalolliddin Manguberdi” milliy baletining  premyerasi joiry yilning 4-5-fevral kunlari boʻlib oʻtadi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash