“Kelajak” bolalar folklor jamoalari respublika festivali boshlandi

20 Feb, 2023 - 12:19
584
“Kelajak” bolalar folklor jamoalari respublika festivali boshlandi

Axborot va matbuot xizmati

Xalqimizning qadimdan shakllangan folklor san’ati har bir hududning o‘ziga xos ohanglari, qadriyatlarini ifoda etishi bilan ahamiyatlidir. Keyingi yillarda ushbu san’at turini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yosh iste’dodlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun Andijon shahrida “Kelajak” bolalar folklor jamoalari respublika festivaliga start berildi.

Festival xalq og‘zaki ijodi namunalaridan “Lapar”, “Yalla”, “O‘lan”, baxshichilik sanʼati, urf-odat va anʼanalarimizni ulug‘lovchi o‘yinlar, raqs, qo‘shiq, musiqa ijrochiligi yo‘nalishlarini qamrab olgan.

Asosiy maqsad bolalar folklor sanʼatini rivojlantirish, sheʼriy ijodiyot, xalq dostonlari, hunarmandchilik, milliy liboslar va xalq o‘yinlari, urf-odatlarni saqlab qolish hamda ularni keng targ‘ib etish, milliy anʼanalarni asrab-avaylashdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash