Surxondaryo viloyatida "Zakovat" intelektual o'yini o'tkazildi

07 Oct, 2023 - 11:57
407
Surxondaryo viloyatida "Zakovat" intelektual o'yini o'tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Prezidentimizning 2023- yilni "Insonga e'tibor va sifat ta'lim yili" deb e'lon qilishi ta'lim sohasini yangi va sifatli bosqichga chiqishiga  zamin bo'lmoqda. 

Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchi va pedagoglarning bilim salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan bo'lib, ular orasida "Zakovat" intelektual o'yinini o'tkazish belgilab olingan. Bugun maktab-internatning 6-7 sinflari o'rtasida Zakovat bellashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirni maktab-internat direktori D.Choriyev ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan so'ng "Baxshi izdoshlari" "Navnihol" jamoalari bellashuvga kirishishdi.Qizg'in kechgan bahs yakunida "Baxshi izdoshlar" jamoasi g'olib bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash