Oybek siymosi sahnada jonlanadi!

09 Oct, 2023 - 18:12
379
Oybek siymosi sahnada jonlanadi!

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ayni kunlarda rejissyor Shuhrat Ibragimovning “Barhayot yashagan chinor” tarixiy spektakli repetitsiya jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur spektakl Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi Oybekning ijodiy merosi haqida yaratilmoqda. Oybek siymosi sahnada 3 qiyofada jonlanadi. Uning bolaligi, oʻrta yoshdagi va keksa davri koʻrsatiladi.

Mazkur rollarni teatrning mahoratli aktyorlari Barot Hasanov, Musulmon Yunusov, Bahodir Nishonov ijro etmoqda. Spektaklda yana Maʼruf Qodirov, Hakima Otaxonova, Shavkat Isroilov, Nargiza Raimova kabi aktyorlarni turli xarakterlarda koʻrish mumkin. 

Bu yil Oybek tavalludiga 118-yil toʻldi. Yozuvchining boy maʼnaviy va madaniy merosi, jamoatchilikdagi faolligi bilan birga, bolalikdagi qiyinchiliklari taʼlim olishdagi kechinmalar, katta ijodiy merosi, adabiy davralardagi ishtiroki yangi sahna asarida munosib talqinini topadi. 

“Barhayot yashagan chinor” spektaklining katta premyerasi esa noyabr oyining boshiga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash